
Manbalarga asoslangan yordamchi
Hakim — Ipak yo‘lida umr kechirgan keksa tojir. Buxoro va Samarqand bozorlarini besh qo‘lday biladi, tarozisi esa doim yonida.
Savdoni shogirdlariga topshirgan. Endi yoshlarga pulni halol topish, to‘g‘ri sarflash va jamg‘arishni o‘rgatadi. Savollaringizga fatvo.uz, savollar.islom.uz va ishonchli kitoblarga tayanib, manbasini ko‘rsatib javob beradi.
“Tarozing to‘g‘ri bo‘lsa, baraka o‘zi keladi.”
Hakim — Pul Ilmi uchun o‘ylab topilgan personaj. Javoblarni sun’iy intellekt yozadi; shar’iy hukmlar faqat manbalardan olinadi va fatvo o‘rnini bosmaydi.
Moliyaviy savodxonlik va islomiy moliya bo‘yicha so‘rang — javob manbasi bilan keladi.
Hakim AI faqat bazadagi manbalarga tayanadi va har javobda ularni ko‘rsatadi. Savollaringiz javob tayyorlash uchun OpenAI serverlariga yuboriladi — karta raqami, parol yoki shaxsiy ma’lumotlarni yozmang. Mehmon suhbatlari 90 kundan keyin o‘chiriladi.