Pul Ilmi

Byudjet kalkulyatori: daromadni savatlarga bo‘lish

Oylik sof daromadingizni kiriting — kalkulyator uni jamg‘arma, qarz va yashash xarajatlari kabi “savatlar”ga foiz bilan taqsimlab, har biriga oyiga qancha tushishini ko‘rsatadi.

Bog‘liq darsDaromadni savatlarga bo‘lish

Savatlar usuli qanday ishlaydi?

Maosh tushgan kuni pulni bitta hisobda qoldirmasdan, oldindan belgilangan maqsadlarga bo‘lib qo‘yasiz: kelajak uchun jamg‘arma, qarzlarni yopish, yashash xarajatlari va boshqalar. Har bir savatning o‘z foizi bor, jami esa 100% bo‘lishi kerak.

Asosiy qoida — avval o‘zingizga to‘lang: jamg‘arma savati xarajatlardan oldin to‘ldiriladi, oy oxirida “nima qolsa” emas.

Ikki tayyor shablon

Qarzi borlar uchun: 10% kelajak (jamg‘arma), 30% qarzlarni yopish, 60% yashash xarajatlari. Qarz tez yopilgani sari keyingi oylarda erkinroq bo‘lasiz.

Qarzi yo‘qlar uchun: 10% kelajak, 10% ota-onaga, 5% ehson, 5% shopping, 5% sayohat va 65% yashash xarajatlari.

“O‘zim sozlayman” tanlansa, savatlarni qo‘shish, nomini va foizini o‘zgartirish mumkin. Kalkulyator jami 100% bo‘lmasa ogohlantiradi.

Ko‘p beriladigan savollar

Qaysi daromadni kiritish kerak?

Qo‘lingizga tushadigan sof daromadni — soliq va majburiy ushlanmalardan keyingi summani. Daromadingiz har oy o‘zgarsa, oxirgi bir necha oyning o‘rtachasini yoki eng kam oyni oling.

Natijalarim saqlanadimi?

Raqamlar faqat shu qurilmada saqlanadi. “Mening rejamga saqlash” tugmasi bilan rejani profilingizga ham saqlashingiz mumkin.

Foizlarni o‘zgartirsam bo‘ladimi?

Ha. Standart foizlar — boshlang‘ich nuqta. Muhimi jamg‘arma savatini nolga tushirmaslik va jami 100% bo‘lishi.