Pulingizni halol va to‘g‘ri boshqarishni o‘rganing
Bosqichma-bosqich darslar, kalkulyatorlar va savollaringizga manbali javob beruvchi Hakim AI — moliyaviy savodxonlik va islomiy moliya bir joyda.
- 24 dars
- 4 ta kalkulyator
- Har javob manbasi bilan




Pul
Ilm


“Pul Ilmi” platformasi nima?
Oddiy odamlar uchun pulni boshqarish va halol moliyani sodda tilda o‘rgatuvchi platforma.
Moliyaviy savodxonlik va islomiy moliya o‘zbek tilida: byudjet tuzish, favqulodda fond, qarzdan qutulish, firibgarlikdan himoya, ribo, murobaha va zakot. Darslar ishonchli manbalarga tayanadi, kalkulyatorlar o‘z raqamlaringiz bilan hisoblaydi.
O‘yinlar
Firibgarni toping, do‘konda halolini ajrating, oylikni bir yilga yetkazing — bilimni o‘yinda sinang.
Hakim AI
Savolingizga fatvo.uz va ishonchli kitoblar asosida, manbasini ko‘rsatib javob beradi.
Bu savollar sizga tanishmi?
Ko‘pchilik duch keladigan vaziyatlar va ularga sodda yechimlar.
Oylik keladi-yu, oy oxirida pul qolmaydimi?
Xarajatlarni kuzatish va daromadni savatlarga bo‘lish bilan boshlang.
Nasiya va kredit orasida adashib qolasizmi?
Faqat “oyiga qancha?” emas, “oxirida jami qancha?” deb so‘rashni o‘rganing.
Bank mahsuloti halolmi yoki yo‘qmi, bilmaysizmi?
Ribo, g‘arar va maysir nima ekanini sodda misollar bilan tushuning.
Kutilmagan xarajatga tayyor emasmisiz?
Kamida 3–6 oylik zaruriy xarajatga teng favqulodda fond yig‘ing.
4 qadamda sertifikatgacha
Bilimdan amaliy ko‘nikmagacha sodda yo‘l.
1O‘qing
5 daqiqalik darslar — birinchisi ro‘yxatdan o‘tmasdan ochiq
2Sinab ko‘ring
Bosqich testlari, o‘yinlar va Hakim AI chatbot bilan suhbat
3Imtihon topshiring
Kurs oxirida 20 savol, o‘tish uchun 80%
4Sertifikat oling
QR kodli, PDF va inglizcha versiyasi bilan
Yo‘l davomida o‘z raqamlaringiz bilan hisoblang: kalkulyatorlar
Kurslar
Har bir kurs — bosqichlar, testlar, yakuniy imtihon va QR kodli sertifikat.
Moliyaviy savodxonlik — asoslar
Daromadni boshqarish, xarajat nazorati, favqulodda fond, qarz va firibgarlikdan himoya.
5 ta bosqich · 13 ta dars · Yakuniy imtihon va sertifikat
Islomiy moliya — asoslar
Islomda mol-mulk, ribo, g‘arar va maysir taqiqi, halol shartnomalar va zakot.
4 ta bosqich · 11 ta dars · Imtihon tez orada
Interaktiv o‘yinlar
O‘ynab o‘rganing
Firibgarni toping, do‘konda halolini ajrating, oylikni bir yilga yetkazing — bilimingizni hayotiy vaziyatlarda sinang. Ro‘yxatdan o‘tmasdan, telefonda ham.
XavfsizlikFiribgarni topO‘ynashRolni tanlang va uning telefoni orqali 3 kunni o‘tkazing: SMS, qo‘ng‘iroq va xabarlarga javob bering, firibgarga pul bermang.
Islomiy moliyaBarakali do‘konO‘ynashHalolmi yoki harommi? Uch oy davomida Karim akaning do‘koniga turli odamlar taklif bilan keladi. Har biriga muhr bosing — halol, ribo, g‘arar yoki maysir — yoki harom shartni to‘g‘rilang.
ByudjetOylikO‘ynashBir yil davomida daromadni savatlarga bo‘ling, kutilmagan xarajat va vasvasalarga qaror qiling: yil oxirida jamg‘arma o‘sadimi yoki qarz?
Savol bering — manbasi bilan javob oling
- fatvo.uz va savollar.islom.uz fatvolariga tayanadi
- Har bir da’vo manbaga havola qilinadi
- Shaxsiy fatvo bermaydi — kerak bo‘lsa olimga yo‘naltiradi
Murobaha bilan kreditning farqi nima?
Kreditda sizga pul qarzga beriladi va ustiga foiz qo‘shiladi. Murobahada esa bank tovarni avval o‘zi sotib oladi, so‘ng uni oldindan kelishilgan narx va muddat bilan sizga sotadi.[1][2]
- [1]fatvo.uz — Savdo-sotiq bo‘limi
- [2]savollar.islom.uz — Muomalot bo‘limi
Bu AI javobi, rasmiy fatvo emas.
Foydali kalkulyatorlar
O‘z raqamlaringiz bilan hisoblang. Natijalar faqat sizning qurilmangizda qoladi.
Hoziroq sinab ko‘ring — oylik daromadingizni yozing:
- Kelajak (jamg‘arma) · 10%1 000 000 so‘moyiga
- Qarzlarni yopish · 30%3 000 000 so‘moyiga
- Yashash xarajatlari · 60%6 000 000 so‘moyiga
Qisqa videolar
Murakkab tushunchalar 90 soniyada.
Muhim atamalar
Ribo, murobaha, nisob, inflyatsiya… Har bir atama sodda ta’rif va tegishli dars bilan.

Javohir Hakimjonov
AI muhandisi
Loyiha muallifi va moliyaviy savodxonlik bo‘yicha Telegram kanali muallifi. “Pul Ilmi” platformasi — o‘zbek tilida pulni to‘g‘ri va halol boshqarishni sodda o‘rgatish uchun yaratilgan ijtimoiy loyiha.
Nega ishonsa bo‘ladi?
Har bir javob va darsning manbasi ochiq ko‘rsatiladi.
Ishonchli manbalar
fatvo.uz, savollar.islom.uz va klassik fiqh kitoblari asosida tayyorlanadi.
Ochiq tekshiruv holatiHolat ko‘rsatiladi
Har bir dars holati ko‘rsatiladi: «Tekshirilgan» yoki «Ko‘rib chiqilmoqda».
Hanafiy mazhabi asosida
Ixtilofli masalalarda boshqa qarashlar ham ko‘rsatiladi.
O‘quvchilarimiz fikri
“Pul Ilmi” platformasi haqida o‘quvchilarimiz nima deydi.
Koreya va boshqa davlatlardagi o‘zbeklar uchun
Darslarda xorijda yashovchilar uchun alohida maslahatlar, kalkulyatorlarda won, rubl va dollar.
Maktab, kompaniya yoki tashkilotlar bilan hamkorlik
O‘quvchi va xodimlaringizning moliyaviy savodxonligini birga oshiraylik: ariza qoldiring — tashkilotingiz uchun panel ochib, ishga tushirishda yordam beramiz.
Ko‘p beriladigan savollar
Hakim AI rasmiy fatvo beradimi?
Yo‘q. Hakim AI manbalarga asoslangan ta’limiy javob beradi. Shaxsiy holatingiz uchun imom yoki fatvo.uz ga murojaat qiling.
Qaysi mazhabga asoslangan?
Asosan Hanafiy mazhabi. Ixtilofli masalalarda boshqa qarashlar ham ko‘rsatiladi.
Ro‘yxatdan o‘tish shartmi?
Yo‘q. Ro‘yxatdan o‘tsangiz, progressingiz saqlanadi va Hakim AI’ga ko‘proq savol bera olasiz.
Ma’lumotlarim xavfsizmi?
Kalkulyatorga kiritgan raqamlaringiz faqat siz saqlashni tanlasangiz saqlanadi.
Har hafta bitta foydali dars — Telegramda
Yangi darslar va amaliy maslahatlarni o‘tkazib yubormang.












