Pul Ilmi

Firibgarni top: o‘quvchilar uchun

1–5 va 6–11-sinf o‘quvchilari uchun telefon sinovi: to‘rtta personaj, ikki yosh guruhi. Hiylani top, shoshilma, kattaga ayt.

Kim bo‘lib o‘ynaysan?

1–5-sinf

6–11-sinf

Ota-onalar va ustozlar uchun

Bola o‘yinda aldov belgilarini va kattaga aytishni mashq qiladi. Sahnalar qo‘rqitmaydi: Soliha va Mustafoda bank, politsiya va yo‘qolgan oila puli ko‘rsatilmaydi.

  • Bola aytsa, tinch turing va aytgani uchun rahmat ayting.
  • Telefonni olib qo‘ymang: bolalar shundan qo‘rqib indamaydi.
  • Kod yoki karta raqami berilgan bo‘lsa, darhol bankka qo‘ng‘iroq qiling.
  • Telegram buzilgan bo‘lsa, begona seanslarni yoping va parol qo‘ying.
  • Tahdid yoki katta zarar bo‘lsa, 102 ga xabar bering.

O‘yinda ko‘rsatilmagan xavflar haqida bolangiz bilan o‘zingiz gaplashing: “politsiya” nomidan qo‘ng‘iroq, soxta jarima va “ota-onang avariyaga tushdi” degan xabar.

O‘quvchi natijalari faqat shu qurilmada saqlanadi: akkauntga va tashkilot hisobotiga tushmaydi, ulashilmaydi.