«Pul Ilmi» platformasi haqida
Oddiy odamlar uchun pulni boshqarish va halol moliyani sodda tilda o‘rgatuvchi ijtimoiy ta’lim loyihasi.
Nima uchun «Pul Ilmi»?
Ko‘pchilik uchun pul haqida ishonchli, sodda va o‘zbek tilidagi ma’lumot topish qiyin. «Pul Ilmi» moliyaviy savodxonlik va islomiy moliyani bir joyda, bosqichma-bosqich o‘rgatadi.
Maqsad — daromadni boshqarish, jamg‘arish, qarz va firibgarlikdan himoyalanishni har kim tushunadigan tilda yetkazish; islomiy moliyada esa halol yo‘lni manbalar bilan ko‘rsatish.
Nega ishonsa bo‘ladi?
Ishonchli manbalar
fatvo.uz, savollar.islom.uz va klassik fiqh kitoblari asosida tayyorlanadi.
Ochiq tekshiruv holati
Har bir dars holati ko‘rsatiladi: «Tekshirilgan» yoki «Ko‘rib chiqilmoqda».
Holat ko‘rsatiladiHanafiy mazhabi asosida
Ixtilofli masalalarda boshqa qarashlar ham ko‘rsatiladi.
Darslar qanday tayyorlanadi
Darslar fatvo.uz, savollar.islom.uz va klassik fiqh kitoblari asosida tayyorlanadi. Hanafiy mazhabi asos qilinadi; ixtilofli masalalarda boshqa qarashlar ham keltiriladi. Har bir islomiy moliya darsida tekshiruv holati ochiq ko‘rsatiladi:
- «Ko‘rib chiqilmoqda»Dars yozilgan, mutaxassis tekshiruvini kutmoqda.
- «Tekshirilgan»Mutaxassis ko‘rib chiqqan.

Javohir Hakimjonov
AI muhandisi
Loyiha muallifi va moliyaviy savodxonlik bo‘yicha Telegram kanali muallifi. “Pul Ilmi” platformasi — o‘zbek tilida pulni to‘g‘ri va halol boshqarishni sodda o‘rgatish uchun yaratilgan ijtimoiy loyiha.
Manbalar ochiq
Har bir dars va javobning manbasi ko‘rsatiladi.
Bog‘lanish
Savol, taklif yoki darsda xato topsangiz — Telegram orqali yozing.